Toshkentda operatsiya qilinayotgan bemor shifokorni kaltaklab, uning hushidan ketishiga sabab bo‘ldi. Unga yordamga kelgan boshqa shifokor ham bemorning do‘stlari tomonidan kaltaklandi va reanimatsiyaga yotqizildi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlandi.
Toshkent viloyatida bemor kasalliklar tarixi haqida so‘ragan tez tibbiy yordam shifokorining yuziga musht tushirdi. Jabrlanuvchida bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi va o‘ng tomon pastki lab sohasi jarohati aniqlangan.
Qashqadaryoda fuqaro shifoxonadagi 2 yoshli farzandi vafot etganini aytgan jarrohni urdi. “Otasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuzimga musht bilan urdi. Hushimni yo‘qotdim, qolganini to‘liq eslolmayman”, — deydi shifokor. Bolaning onasi eri bu ishni asabiy holatda qilganini aytib, shifokordan “to‘g‘ri tushunish”ni so‘radi.
Bir yil ichida sudlar tomonidan tibbiyot xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilgan yoki ularga qonunga xilof ravishda ta’sir ko‘rsatgan 87 nafar shaxsga nisbatan jarima yoki qamoqqa olish jazosi tayinlandi. Ushbu qoidabuzarlik uchun qamoqqa olish mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llanadi.
Payariq tumanidagi Chelak shifoxonasi xodimlari o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Tarmoqlarda shifoxona bosh shifokorining o‘g‘li va kelini ikki hamshirani urib, jarohat yetkazgani aytilmoqda. Janjalda tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan fuqaroga jinoyat ishi ochildi.
Qonunchilik palatasida tibbiyot xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilgan fuqarolar va mansabdor shaxslarni jarimaga tortish yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosini belgilash haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Deputatlar loyihani ikkinchi o‘qishda bir ovozdan qabul qilindi.
Sud noto‘g‘ri tashxis qo‘yishda ayblab, poliklinika shifokorini kaltaklagan namanganlik fuqaroga 2 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Uning akasi ham tibbiyot xodimiga kuch ishlatganlikda aybli deb topildi va u 144 soat majburiy jamoat ishlari bilan jazolandi.
Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida bemorning o‘g‘li mast holatda «tez yordam» shifokorini do‘pposlab, unga og‘ir tan jarohati yetkazdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Zo‘ravon besh yilgacha muddatga qamalishi mumkin.
Farg‘onada tug‘ruqxona shifokorini kaltaklagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zgatilib, u protsessual tartibda ushlandi. U avvalroq, surunkali ravishda intizomni buzgani uchun ichki ishlar organlaridan haydalgani aytilmoqda.
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida erkak tug‘uruqxona hamshirasining sochidan tortib, kuch ishlatdi. Mazkur holatga erkakning nevarasining o‘limi sabab bo‘lgani aniqlandi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Namangandagi oilaviy poliklinkada shifokorni do‘pposlagan aka-ukalarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shifokorga tibbiy tekshiruv davomida bir necha jarohatlar tashxisi qo‘yilgan.
Chorshanba kuni Toshkentda shifokor-toksikolog tibbiy ko‘rikka kelgan, mast fuqaro tomonidan kaltaklandi. Shifokorning ahvoli og‘irligi va kuchli karaxtlik holatiga tushib qolgani aytilmoqda. Unga «qo‘shma kraniofatsial jarohat, og‘ir darajadagi bosh miya yopiq jarohati, nazogemorreya» tashxisi qo‘yilgan. Shifokorni kaltaklagan shaxs hibsga olingan.
Yashnobod tumanidagi shifoxonada vafot etgan bemorning o‘limidan so‘ng, shifokorlarning do‘pposlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jizzax viloyatida vafot etgan bemorning qarindoshlari chaqiriq bo‘yicha yetib kelgan tez yordam feldsherini kaltaklab, unga tan jarohati yetkazdi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting